Hazrati Dovud ziyoratgohi

4.875 (8 bildirilgan fikrlar)
Free
Bepul WiFi Bepul WiFi
Kredit kartalar Kredit kartalar
Chekish man etilgan Chekish man etilgan
Avtoturargoh Avtoturargoh

Umumiy ma'lumot

Hazrati Dovud ziyoratgohi Samarqand viloyati Nurobod tumanining Oqsoy mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan. Hazrati Dovud “Bani Isroil” qavmidan chiqqan paygʼambarlardan biridir. Dovud Tolut vafotidan keyin “Bani Isroil” qavmiga podshoh etib tayinlanadi. Dovud paygʼambar darajasiga erishadi, unga “Zabur” kitobi Аlloh taolo tomonidan yuboriladi. Аyni bir paytda Dovud alayhissalomga “Zabur” bilan birga gʼoyat goʼzal va yoqimli kuy ham yuboriladi. Yaratuvchi Tangri Dovud alayhissalomga yana temirchilik, sovutsozlik hunarini karomat qiladi. Temir uning qoʼlida mumdek yumshagan. U temirlarni qoʼllari bilan xamir kabi egib-bukib, undan turli narsalarni yasash quvvatiga ega boʼlgan. Shu sababli Dovud alayhissalom temirchilar piridir.

Xaritadagi joylashuv

Hazrati Dawod Cave (Yo'nalish)

Contact Info

Ko'rib chiqishlar (8) 4.875

O'xshash manzillar