Nurobod tumanining turizm salohayati haqida bilasizmi?

Nurobod tumani hududi jixatidan Samarqand viloyatida birinchi oʼrinda turadi. Umumiy yer maydoni 486,237 m.kv ni tashkil etib, aholi soni 149 100 dan ortiq. Tumanimiz oʼzining ajoyib tabiati, mehmondoʼst xalqi bilan mamalakatimizda tanilgan. Bir tarafda purviqor togʼlar, boshqa tarafdan ajoyib qiru-adirlar, tekisliklar va jozibador suv omborlari mavjud. Tumanimiz hududining ajoyib geografik joylashuvi natijasida tibbiyot, eko va ziyorat turizmi uchun qulay muhit va shart-sharoitlar mavjud.

Газета "Кончилар ҳаёти"

Bugungi kunda tumanimiz hududidadagi Nurbuloq va Mashʼal mahallarida tibbiyot turizmi uchun qulay tabiiy sharoitlar mavjud. Ushbu mahalalarda rodonli va mineral suv bilan davolash muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. 19 ta suv bilan davolash muassasalarida malakali shifokorlar tomonidan 2018 yil davomida jami, mamlakatimizning boshqa hududlaridan kelgan va mahalliy turistlardan 132 650 nafariga suv bilan davolash xizmatlari koʼrsatildi. Mashʼal MFY hududida yana ushbu tibbiyot turizmi sohasiga bogʼliq boʼlgan 2 loyiha (Nazar bobo sihatgohi, Ergash xoji ota davolash maskani) foydalanishga qabul qilinish arafasida. Tibbiyot turizmi tumaniz hududida yaxshi rivojlangan.

Ekoturizm haqida gap ketganda tumanimiz hudida goʼzal koʼrinishga ega togʼli hududlarga toʼxtalmasdan iloj yoʼq. Tumanimizdagi Mehnatkash va Oqsoy mahallalari hududida xususiy tadbirkorlar tomonidan xorijiy va mahalliy turistlarga ekoturizm xizmatlari koʼrsatib kelinmoqda. Nurdum mahallasi hududidagi Kattaqoʼrgʼon suv ombori yaqinida “Nilufar Nomozova Shifo Maskani” XK tomonidan ekoturistik maskan qurilish ishlari boshlangan. 2020 yilga kelib ushbu maskan ekoturizm ihlosmandlari uchun oʼz xizmatlarini koʼrsata boshlaydi. Oqsoy mahallasi hududida “Oqsoy XD” MChJ tomonidan mahalliy va xorijiy turistlarga osma dor yoʼli, Zip line, paraglayding xizmatlari koʼrsatilishi rejalashtirilib, 2021 yildan “Oqsoy XD” MChJ tomonidan ushbu xizmatlar yoʼlga qoʼyiladi.

Ziyorat turizmi tumaniz boʼylab keng tarqalgan. Oqsoy mahallasi hududidagi “Xazrati Dovud” ziyoratgohi bugungi kunda xorijiy va mahalliy turistlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurdi.

Tim qishlogʼida joylashgan “Аrab ota” (yoki Oq masjid) ziyoratgohida X-XI asrga tegishli maqbara mavjud boʼlib, Markaziy Osiyoda Islom dinining keng tarqalishiga munosib xissa qoʼshgan ulamoning qabri mavjud.

Jarquduq qishlogʼi yaqinida joylashgan “Qoʼchqorli ota” ziyoratgohi ham xalqimizning sevimli ziyorat maskani xisoblanadi. Ushbu ziyoratgohda XII-XIV asrlarda Naqshbandiya taʼlimotining koʼzga koʼringan nomoyondalaridan biri dafn etilgan.

“Ostona ota” ziyoratgohida XIV-XV asrlarda bunyod etilgan maqbara va masjid mavjud boʼlib, unda Islom olamining “Ishqiya” tariqatining yirik nomoyondalari dafan etilgan.

Bir soʼz bilan ayiganda, tumaniz hududi oʼzining beqiyos tibbiyot, eko va ziyorat turizmi boʼyicha ulkan salohiyatga egadir.

 

YoVQOChOV Doʼstmurod,

Nurobod tumani hokimligi investitsiyalar,

innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga

koʼmaklashish va kichik sanoat zonalari

hamda turizmni rivojlantirish masalalari

boʼyicha bosh mutaxassisi

Tegishli maqolalar