O‘zbekiston “Harper's Bazaar”ning eng sayohatbop Top-20 ro‘yxatida birinchi!

Amerikaning “Harper's Bazaar” nashri 2020 yilda albatta sayohat qilish  lozim bo‘lgan 20 ta eng yaxshi yo‘nalishni ro‘yxatini taqdim qildi, unga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi o‘rinda. “Sayyoramizda bizni hayratga soluvchi Eyfel minorasi, Sidney opera teatri va Piramidalar kabi bir nechta sun'iy inshootlar. Ular bizni suratlar orqali o‘ziga chorlaydi va biz o‘sha tomonlar sari oshiqamiz. Mana shu yodgorliklar qatoriga yana bir mo‘'jiza – Samarqand markaziy maydonida joylashgan uch bino, murakkab naqsh va moviy gumbazli Registonni qo‘shish vaqti keldi”, - deyiladi maqolada. Shuningdek, unda 2016 yilda hukumatdagi o‘zgarishlar mamlakat turizmida sezilarli siljishga zamin yaratgani ta'kidlab o‘tiladi. “Yangi infratuzilmalar barpo etildi, butik-otellar paydo bo‘la boshladi, restoranlar esa Markaziy Osiyo taomlarini xush ko‘ruvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlashdi”, - deya izoh beriladi unda. “Harper's Bazaar” barchani O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlar ekan, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Farg‘ona vodiysiga alohida urg‘u berib o‘tgan. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=959

Tegishli maqolalar